“Ovozim ko‘pchilikka ta’sir qilganini hisobga olsak, odamlar meni irqchilikka qarshi kurashda timsol bo‘lishimni xohlashlarini tushunish mumkin. Bu mening yuragimga yaqin mavzu. Biroq, men hech kim o'zgarish yarata olmaydi, deb ishonaman; bu jamoaviy harakat. Shuningdek, biz hammamiz inson ekanligimizni unutmasligimiz kerak”, dedi Turam Sky Sports nashriga.
Turam 2023 yilning iyul oyida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubidan «Inter»ga tekin transfer evaziga kelib qo'shilgandi, uning shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt hujumchini 55 million yevroga baholaydi.
Joriy mavsumda 26 yoshli fransiyalik futbolchi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.