Turin klubi afsonaviy o'g'li bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Turam 2019-yildan buyon “Nitstsa”da to‘p surmoqda.O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 29ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning taxminiy bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.
Uning otasi Lilian Tyuram 2001 yildan 2006 yilgacha "Yuventus" sharafini himoya qilgan va 144 uchrashuvda maydonga tushgan. Uning akasi Markus ashaddiy raqibi "Inter"da o'ynaydi. O'tgan mavsumda Markus jamoasiga Italiya chempionatida g'alaba qozonishga yordam berdi, 46 uchrashuvda maydonga tushib, 15 gol urdi va 14 golga assistentlik qildi.